O‘zbekistonliklar eng ko‘p qayerga safarga chiqyapti?
Jamiyat
−
03 dekabr 6327 1 daqiqa
2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida qariyb 6,4 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,3 mln nafarga yoki 24,7 foizga oshgan. Joriy yilning dastlabki 10 oyida O‘zbekiston fuqarolar eng ko‘p Qirg‘iz Respublikasiga – 2,8 million nafar kishi – safar qilgan. Qozog‘istonga 1,2 million nafar, Tojikistonga esa 1,1 million nafar fuqaro borgan. Shuningdek, Rossiyaga 370,1 ming, Saudiya Arabistoniga 237,1 ming, Turkiyaga 230,8 ming kishi safar qilgan.
BAAga 114,1 ming, Misrga 56,2 ming, Xitoyga 39,6 ming va Vetnamga 32,8 ming nafar fuqaro tashrif buyurgan. Boshqa davlatlarga esa jami 204,1 ming nafar o‘zbekistonliklar chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida qariyb 5,2 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgandi.
Live
Barchasi