O‘zbekistonliklar eng ko‘p qayerga safar qilayotgani ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
13 Oktabr 14966 1 daqiqa
O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p qaysi davlatga sayohat qilayotgani aytildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida qariyb 5,2 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos darviga nisbatan qariyb 1,1 mln nafarga (26,8 %) oshgan.
Joriy yilning 8 oyida eng ko‘p o‘zbekistonliklar borgan davlatlar hamda ularning soni quyidagicha;
- Qirg‘iz Respublikasi — 2,3 mln nafar;
- Qozog‘iston — 956 ming nafar;
- Tojikiston — 887,9 ming nafar;
- Rossiya — 312,7 ming nafar;
- Turkiya — 181,7 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 165,7 ming nafar;
- BAA — 94,2 ming nafar;
- Misr — 45,4 ming nafar;
- Vetnam — 28,5 ming nafar;
- Xitoy — 27,6 ming nafar;
- Boshqa davlatlar — 162,4 ming nafar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga eng ko‘p talabalar qaysi davlatdan kelayotgani ma’lum qilingan edi. Joriy yilning birinchi yarim yilligida eng ko‘p talabalar O‘zbekistonga Hindistondan (2 780 nafar) kelgan.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi