O‘zbekistonliklar avtomobillar importiga qancha sarflagani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga import qilingan mashinalar va transport asbob-uskunalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 1,2 mlrd dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 608,9 mln dollar to‘langan. Bu jami import mahsulotlarining 37,8 foiziga teng bo‘lgan.

Shuningdek, avtomobillar, asosan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 332,5 mln dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 1 mlrd dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 426,8 mln dollar ketgan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 329,4 mln dollarga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

import avtomobil'

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing