O‘zbekistonliklar 2021 yildagi hayotidan rozimi?
Jamiyat
−
31 dekabr 2021
162522021 yilning eng so‘nggi kuni ham ortda qolmoqda. Odamlar o‘tgan bir yil umrini sarhisob qilish bilan band. Albatta, bu vaqt mobaynida har bir insonning hayotida turli o‘zgarishlar, mag‘lubiyat va muvaffaqiyatlar bo‘lgani turgan gap. QALAMPIR.UZ bu borada odamlar fikrini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi.
Respondentlarning ayrimlari bu yil omadli kelganidan xursand bo‘lsa, boshqalar biroz omadsiz o‘tganidan afsusda. Quvonarlisi, bu yil o‘qishga kirgan yoshlar, shuningdek o‘qishni tamomlab, ishga kirishga ulgurgan fuqarolar ham talaygina.
Ba’zi respondentlar joriy yilda o‘z yaqinlaridan ayrilib qolgani sababli qayg‘uda bo‘lsa, ba’zilari COVID-19 virusi sekin-asta O‘zbekistonni tark etayotganidan mamnunligini aytdi.
Qolaversa, “Qo‘yliq” bozori buzilayotgani sababli ish joyisiz qolayotgan tadbirkorlar vaziyatdan foydalanib, o‘z noroziliklarini ham bildirib o‘tdi.
QALAMPIR.UZ barcha fuqarolarni Yangi yil bayrami bilan muborakbod etadi. 2021 yilda amalga oshmagan reja va maqsadlaringiz, 2022 yilda amalga oshishiga tilakdoshmiz. Bayram muborak!
LiveBarchasi