O‘zbekistonliklar ham Erondan evakuatsiya qilindi

Olam

image

Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik ortidan O‘zbekiston fuqarolari Turkmaniston orqali Erondan evakuatsiya qilindi. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazilrigi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yaqin Sharqda yuzaga kelgan vaziyat bilan bog‘liq ravishda Turkmaniston tomonidan xorijiy diplomatlar va ularning oila a’zolari, shuningdek hozirda Eron hududida bo‘lgan boshqa fuqarolarning chiqib ketishi uchun o‘z hududini taqdim etish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rilmoqda.

Bugungi kunga qadar Turkmaniston davlat chegarasini nazorat-o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa davlatlar fuqarolaridan iborat taxminan 120 kishi kesib o‘tgan.

Ularga avtotransport, ovqat, mehmonxona xizmati va zarur birinchi ehtiyoj vositalari taqdim etilgan.

“Gumanitar missiyani amalga oshirish doirasida Turkmanistonning tegishli davlat organlari xorijiy davlatlarning diplomatik missiyalari va xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Shu munosabat bilan Turkmaniston BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ushbu davlat tashabbusi bilan e’lon qilingan Xalqaro tinchlik va ishonch yili doirasida insonparvarlik, xalqaro hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga sodiqligini amalda tasdiqlamoqda”, deyiladi xabarda.

Esaltib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston va Rossiya fuqarolari ham Erondan evakuatsiya qilingandi. 

Isroilning Eronga hujumi 

13 iyun kuni Isroil Eronga qarshi zarba berishni boshladi va bu operatsiyani “Sherlar olami” deb nomladi. Zarba ob’ektlari sifatida Tehron, Natanz, shuningdek, Kirmonshoh va Xaramobod hududlari tanlangan. Hujumlarda harbiy bazalar, Eron havo hujumidan mudofaa tizimlari va Eron Islomiy inqilobiy gvardiyasi vakillari joylashgan turar joy majmualari nishonga olingan.
Isroil zarbalari oqibatida bir necha yuqori lavozimli harbiy xizmatchilar va yadroviy fiziklar yo‘q qilingan. Qolaversa, tinch aholi orasidan ham 60 kishi vafot etgani taxmin qilinmoqda. 

Eronning Isroilga javobi 

13 iyun kuni tundan 14 iyun tongiga o‘tar chog‘i Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumlardan so‘ng, Eron Isroilga qarshi o‘z javob zarbalarini yo‘lladi. Eron harbiy kuchlari tomonidan Isroil hududiga qarata 200 dan ortiq dron va ballistik raketalar uchirilgan. Isroil Mudofaa kuchlari ushbu zarbalarni tasdiqlagan va havo mudofaa tizimlari zudlik bilan ishga tushirilgan. SAXAL rasmiy bayonotida aytilishicha, Isroil havo mudofaasi katta miqdordagi hujumchi dron va raketalarni tutib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va 10 dan ortiq kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron-Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing