O‘zbekistonlik Zarrux Adashev UFC'da ilk g‘alabasiga erishdi

Sport

image

O‘zining UFC'dagi 3-jangini o‘tkazgan o‘zbekistonlik Zarrux Adashev ilk g‘alabasiga erishdi.

Bugun, 1 avgust kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan “UFC Vegas 33” turnirida oktagonga ko‘tarilgan Adashevga amerikalik Rayan Benua raqiblik qildi.

Jang to‘liq uch raund davom etdi va barcha hakamlar o‘zbekistonlik MMA ustasining g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa samarqandlik jangchi UFC'dagi ilk g‘alabasiga erishdi.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabasi evaziga Zarrux Adashev UFC'da janglarni davom ettirish huquqiga ega bo‘ldi.

Zarrux Adashev UFC janglarida okagonga chiqayotgan o‘zbekistonlik ikkinchi jangchi hisoblanadi. Adashevdan avval, 2019 yilning kuzida Mahmud Murodov UFC bilan shartnoma imzolagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

MMA Zarrux Adashev UFC Vegas 33

Baholaganlar

425

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing