O‘zbekistonlik yigit YTHda jabrlanganlarni qutqardi

Olam

image

O‘zbekistonlik yigit Rossiyaning Perm shahrida yo‘l-transport hodisasidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.

Joriy yilning 17 avgust kuni 53-sonli reysli avtobus do‘kon devoriga urilib, YTH sodir etgan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan, 32 nafari jabrlangan.

YTHda jabrlanganlarga birinchi bo‘lib, mashg‘ulot uchun klubga ketayotgan o‘zbekistonlik bokschi Danil Yo‘ldoshev yordam bergan.

Danil Yo‘ldoshev avtobus eshiklari majaqlanganini ko‘rib, orqa eshikni kuch bilan ochgan. Keyin avtobusga chiqib, odamlarni chiqara boshlagan.

Avtobus salonida ko‘plarning yuzi oyna parchasidan shikstlangan. Bundan tashqari avtobusda bolalar ham bo‘lgan. Yo‘ldoshev yo‘ldan o‘tayotgan avtomobillardan iltimos qilib, jabrlanganlarni shifoxonaga yuborgan.

Tez tibbiy yordam mashinasi kelgach, Danil shifokorlarga jabrlanganlarni zambillarda tashishda yordam bergan.

Ma’lumot uchun, Danil Yo‘ldoshev Permga Toshkentdan borgan. Rossiyada maktab va texnikumni tamomlagan, hozirda klubda qo‘riqchi bo‘lib ishlaydi. O‘zbekistonda hamon uning qarindoshlari yashaydi. Yigitni mukofotlashni rejalashtirishyapti.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing