O‘zbekistonlik yigit Rossiyada 15 yilga qamaldi
Olam
−
31 yanvar 2022 24191 1 daqiqa
Rossiyada Perm o‘lkasi sudi Solikamskdagi koloniyada jazoni o‘tayotgan 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan tayinlangan jazoni o‘z kuchida qoldirdi. “Kommersant’”ning yozishicha, u teraktga tayyorgarlik ko‘rishda ayblangan.
2021 yil mart oyida erkak otasiga qo‘ng‘iroq qilib, undan ro‘yxatdan o‘tmagan SIM-kartadan Telegram’da “Aziz Xabirov” taxallusi ostida akkaunt ochish va 2021 yil 1 maydan 9 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Moskva metrosining “Salarevo” bekatida sodir bo‘lishi kutilayotgan portlash haqida o‘zi aytgan xabarlarni yuborishni so‘ragan.
Keyinroq mahkum “Aziz Xabirov” foydalanuvchisi qo‘lbola portlovchi moslamani portlatish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.
O‘zbekistonlik aybdor deb topilib, 15 yilga qattiq rejimdagi koloniyaga hukm qilingan, 400 ming rubl (5 ming dollar) jarimaga tortilgan.
Live
Barchasi