O‘zbekistonlik yosh MMA’chilar Jahon chempionatida yuksak natijaga erishdi
Sport
−
23 avgust 2022
11910Joriy yil 17-20 avgust kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida MMA (aralash jang san’atlari) bo‘yicha 12-13, 14-15 va 16-17 yosh toifalardagi sportchilar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur jahon chempionatida 42 ta davlatdan 479 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Qayd etish joizki, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar bilan tanishing:
16-17 yoshli sportchilar:
Oltin:
Anvarjon Hasanov
Amirxon Ziyodinov
Nurulloxon Abdullayev
Bronza:
Nozimjon Sotvoldiyev
14-15 yoshli sportchilar:
Oltin:
Muhammadali Xodjimiyarov
Abdullaziz Abdusattorov
Kumush:
Hojiakbar Nosirjonov
Bronza:
Ibrohimjon Botirov
Mirjalol Mirsaidov
12-13 yoshli sportchilar:
Kumush:
Behruzbek Ravshanov
Bronza:
Mexrojbek Toshpo‘latov
Behruzbek Bahromov
Bahodir Sobirjonov
Esatib o‘tamiz, bundan oldin Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan Islom birdamligi o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgandi. Yakunda umumiy hisobda 158 ta medal jamg‘argan O‘zbekiston delegatsiyasi jadvalda ikkinchi pog‘onani band etgan.
LiveBarchasi