O‘zbekistonlik yosh dzyudochilar Osiyo kubogida yetakchi bo‘ldi

Sport

image

To‘rt kun davomida Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo ochiq kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston vakillari qit’a birinchiligini umumjamoa hisobida 1-o‘rinda yakunladi.

Musobaqaning oxirgi kunida yosh sportchilar og‘ir vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi. E’tiborlisi, ko‘pgina vazn toifalarida O‘zbekiston vakillari sovrindor bo‘ldi. 

O‘smirlar toifasida mezbonlar 12 ta oltin, 11 ta kumush va 20 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilgan bo‘lsa, yoshlar o‘rtasidagi bahslarda 11 ta oltin, 12 ta kumush va 18 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida yetakchi bo‘ldi.

O‘g‘il bolalar:

-81 kg:

1. Axror Ziyodullayev (O‘zbekiston);
2. Erjan Kanatbekov (Qirg‘iziston);
3. Shahzodxo‘ja Sharipov (O‘zbekiston);
3. Sayfiddin Sayfiddinzoda (Tojikiston).

- 90 kg:
1. Alisher Samanov (O‘zbekiston);
2. Samir Nazirboyev (O‘zbekiston);
3. Zufarbek O‘rolov (O‘zbekiston);
3. Umidjon Rajabov (Tojikiston).

- 100 kg:

1. Rustam Shorahmatov (O‘zbekiston);
2. No‘monjon Rajabov (O‘zbekiston);
3. Mirjalol Normo‘minov (O‘zbekiston);
3. Habibullo Ashurov (Tojikiston).

+ 100 kg:

1.Mahmudjon Maxsudov (O‘zbekiston);
2. Javohir Murodullayev (O‘zbekiston);
3. Abdulloh Xudoyorov (O‘zbekiston);
3. Emirxan Joldoshkaziyev (Qirg‘iziston).

Qizlar:

— 70 kg:

1. Xurshida Razzoqberdiyeva (O‘zbekiston);
2. Gulira’no Suvonqulova (O‘zbekiston);
3. Gulina Obloqulova (O‘zbekiston);
3. Tuygul Hamroyeva (O‘zbekiston).

- 78 kg:

1. Shirinjon Yuldoshova (O‘zbekiston);
2. Feruza Xo‘rozova (O‘zbekiston);
3. Shahlo Egamberganova (O‘zbekiston);
3. Shinar Ibrayeva (O‘zbekiston).

+ 78 kg:

1. Mohlaroyim To‘xtamishova (O‘zbekiston);
2. Durdona Nizomiddinova (O‘zbekiston);
3. Mohinur Parmonova (O‘zbekiston);
3. Ruslana Maxatova (Qozog‘iston).


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing