O‘zbekistonlik velosportchi qizlar “Tour De France” musobaqasida qatnashadi

Sport

image

O‘zbekistonning “Tashkent City Women Professional Cycling Team” ayollar jamoasi kelasi mavsum velosportdagi eng nufuzli musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jamoa kelgusi yil shosse mavsumida “Tour De France”, “Tour De France Femmes Avec Zwift”, “Tour De Lʻavenir”, “Giro dʻitalia”, “Strade Bianche”, “La Vuelta Ciclista A Espana” turnirlarida qatnashadi.

Qayd etilishicha, shosse bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Parij-2024 Olimpiadasiga 3 ta yo‘llanma qo‘lga kiritgan. 

“Mazkur musobaqalar velosportchilar uchun Olimpiya o‘yinlariga munosib tayyorgarlik vazifasini ham o‘tab beradi”, deyiladi manba xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy Olimpiya qo'mitasi velosport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing