O‘zbekistonlik vazir Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilari kengashi raisi etib saylandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston tarixida birinchi marta Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi Boshqaruvchilari Kengashi – Bank oliy boshqaruv organi raisi etib O‘zbekiston tomonidan Boshqaruvchi, O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov saylandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Islom taraqqiyot banki guruhi o‘z ichiga Islom taraqqiyot banki, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi, Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi, Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi va Islom tadqiqot va ta’lim institutini olgan va 1974 yilda Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida tashkil etilgan. 

ITB a’zolari tarkibiga 57 mamlakat kiradi. Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik infratuzilmaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, o‘tgan yilning oktyabr oyida Sardor Umurzoqov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilari Kengashi raisining o‘rinbosari etib saylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Umurzoqov

Baholaganlar

157

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing