O‘zbekistonlik merganlar tarixda ilk bor Osiyo chempioni bo‘ldi

Sport

image

Qozog‘istonning Chimkent shahrida davom etayotgan o‘q otish sporti bo‘yicha XVI Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari tarixda ilk bor oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Joriy yilning 11-20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan musobaqaning ilk kunidayoq O‘zbekiston merganlari 4 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Umidbek Kamolbekov va Ilhombek Obidjonov mamlakat o‘q otish sporti tarixida ilk marotaba Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

O‘spirinlar o‘rtasida 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bahslarida terma jamoa a’zosi Umidbek Kamolbekov eng yaxshi natija qayd etib, oltin medal sohibiga aylandi. Xuddi shu yo‘nalishda Muhammad Kamolov murosasiz kechgan bahslarda qozog‘istonlik raqibidan 0,1 ochko kam jamg‘argan holda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda Ilhombek Obidjonov yetakchilikni qo‘lga olib, yakunda oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uning jamoadoshi Nuriddin Nuriddinov bronza medali bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, XVI Osiyo chempionatida 300 nafardan ortiq sportchi bahslarga kirishgan. Nufuzli musobaqada 28 nafar O‘zbekiston o‘smirlar, o‘spirinlar, yoshlar va kattalar terma jamoasi vakillari ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati Ilhombek Obidjonov O'q otish Umidbek Kamolbekov Tarixiy oltin medal'

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing