O‘zbekistonlik UFC jangchisining navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov tashkilotdagi navbatdagi jangini braziliyalik Jonni Uokerga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda “Metaratings” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi jang keyingi yil yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. E’tiborlisi, har ikki jangchi ham bitta jamoa vakili hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Bogdan Guskov, 16-3 rekord bilan UFC yengil vazn toifasi reytingida 14-o‘rinni egallab turibdi, Jonni Uoker esa 20-9 rekord qayd etib, 9-o‘rinni band etgan. 32 yoshli Uoker oxirgi jangini iyun oyida shveysariyalik Volkan Ozdemirga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragandi. Uoker bilan tengdosh hisoblangan Guskov esa aprel oyida amerikalik Rayan Spenndan ustun kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bogdan Guskov Jonni Uoker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made