Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik jangchi UFC top-15'ligiga kirdi
Sport
−
30 aprel 2024 10596 1 daqiqa
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov o‘z vaznida tashkilot reytingida 12-o‘rinni egalladi. Bu haqda UFC'ning yangilangan reytingida ma’lum qilindi.
Guskov yarim og‘ir vaznda UFC Vegas 91 turniri doirasida reytingda 11-o‘rin band etgan amerikalik Rayan Spenni mag‘lubiyatga uchratdi va jadvalda yaxshigina yuqorilashga erishdi.
Mazkur vaznda chempion braziliyalik Aleks Perreyra hisoblanadi, 1-o‘rinda esa chexiyalik Irji Proxazka qayd etilgan. Kuchli uchlikka Mogomed Ankalayev va Jamal Xill kiritilgan.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Guskov hozirgacha UFC'da 3 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlarning 2 tasida muddatidan avval g‘alaba qozondi. U promoushendagi debyutini shveysariyalik tajribali jangchi Volkan Ozdemirga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy bergandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025