O‘zbekistonlik terrorchi Moldovada qo‘lga olindi
3-sahifa
−
09 fevral 2023
12231Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari boshchiligida diniy-ekstremistik faoliyatga aloqadorligi uchun qidirilayotgan jinoyatchi Kishinyov shahridan Toshkentga yetkazildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hibsga olingan shaxs O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirinib, xalqaro ekstremistik tashkilotga qo‘shilgan va u yerda terrorchilik harakatlarini sodir etish va tayyorlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etgan. Shuningdek, tashkilot yetakchilaridan biriga aylangan.
“Jinoyatchini qo‘lga olish Toshkent va Kishinyov Interpol Milliy Markaziy byurolarining birgalikdagi harakatlari va tezkor axborot almashinuvi tufayli amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.
Moldovaning vakolatli organlari tomonidan ekstraditsiya masalasi ijobiy hal etilganidan so‘ng, qidirilayotgan shaxs sud oldida javob berish uchun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirilgan.
LiveBarchasi