O‘zbekistonlik taekvondochilar jahon chempionatida 4 medal qo‘lga kiritdi
Sport
−
08 avgust 2022
4722Joriy yilning 2-7 avgust kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Qayd etish kerakki, musobaqada 2 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonliklar umumjamoa hisobida 8-o‘rinni egalladi.
Jahon chempionatida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar bilan tanishing:
Kumush:
-52 kg. Marjona Xudoyqulova;
-63 kg. Nazarali Nazarov.
Bronza:
-42 kg. Gulshanoy Ismoilova;
-78 kg. Muzaffar Sadriddinov.
Avvalroq, 15 yoshli Sharifa Davronova yengil atletikaning 3 xatlab sakrash yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
LiveBarchasi