O‘zbekistonlik taekvondochi Tokio-2020 Olimpiadasi finaliga chiqdi
Sport
−
25 iyul 2021
5614Avvalroq o‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashidov uch marta ketma-ket raqiblarini mag‘lub qilib, yarim finalga yo‘l olgani haqida xabar bergandik.
-68 kg vazn toifasidagi Ulug‘bek Rashidov yarim finalda Bosniya va Gersegovina vakili Nedzad Xushichga qarshi dayanga chiqib, 28:5 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Rashidov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining kamida kumush medalini naqd qildi va finalda Buyuk Britaniya – Xitoy vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan chempionlik masalasini hal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik taekvondochi bunga qadar Mali, Janubiy Koreya va Eron vakillaridan ustun kelgandi. Qayd etish kerakki, ularning orasida uch karra Jahon chempioni ham bor.
LiveBarchasi