O‘zbekistonlik sportchilar Rossiyadagi shouda 100 ming dollar yutib oldi (video)

Sport

image

O‘zbekistonlik sportchilar Mark Rogailov va Gavhar Mirzayeva Rossiyaning TNT telekanalida tashkil etilgan “Chegarasiz o‘yinlar” shousida ishtirok etib, g‘alaba qozondi.

Hal qiluvchi o‘yinda o‘zbekistonlik sportchilar Rossiya jamoasiga qarshi bahs olib borib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va 100 ming dollar sohibiga aylandi. 

“Barcha qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat aytaman. Men sherigim Gavhar bilan faxrlanaman. U juda kuchli va ko‘plab maqtovga loyiq, buni o‘ziga ham aytaman. Bu g‘alaba uchun ko‘p mehnat qildik va bugun natijasini ko‘rsatdik”, deydi Mark Rogailov.

Ma’lumot uchun, “Chegarasiz o‘yinlar” keng ko‘lamli loyiha bo‘lib, musobaqada Rossiya, Xitoy, Eron, Belarus, O‘zbekiston, Braziliya, Hindiston va Qozog‘iston kabi mamlakatlardan sportchilar ishtirok etadi. Musobaqaning har mavsumida 64 nafar sportchi ishtirok etadi, ishtirokchilardan 16 nafari Rossiya sharafini himoya qiladi. Barcha sportchilar juftlik shaklida bosh sovrin – chempion kubogi va 10 million rubl uchun bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Mark Rogailov Gavhar Mirzaeva Chegarasiz o'yinlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar