O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining 5-kunida qanday natija qayd etdi? (ro‘yxat)
Sport
−
28 Sentabr 2023 9708 1 daqiqa
Bugun, 28 sentyabr kuni Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlarining 13 ta sport turi bo‘yicha medallar jamlanmasi o‘ynalgan 5-kuni o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston vakillari 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Quyida bugun erishilgan bronza medallari:
- Taekvondo WT bo‘yicha tashkil etilgan bahslarda o‘zbekistonlik sportchi Svetlana Osipova +67 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. U murosasiz kechgan yarim final jangida xitoylik Zeki Chjouga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

- Shuningdek, Vladimir Svechnikov o‘q otish dasturida delegatsiya hisobiga yana bir medalni keltirdi. U 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish dasturida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

- O‘yinlarning tennis dasturi doirasida bahslarga kirishgan Humoyun Sultonov O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir bronza medalni qo‘shdi. Yarim finalda Jahon tasnif jadvalida 60-o‘rinni egallab turgan xitoylik Chjinchjen Chjanga qarshi bahs olib borgan Sultonov 4:6, 1:6 hisoblarida imkoniyatni boy bergan holda mazkur musobaqani 3-o‘rin bilan yakunladi.

Bu orqali O‘zbekiston delegatsiyasi jami 31 medal (6 ta oltin, 10 ta kumush, 15 ta bronza) jamg‘argan holda umumiy reytingning 4-pog‘onasini band etib turibdi.

Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr