O‘zbekistonlik sportchilar Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etdi

Sport

image

Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Butunjahon Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi safida Humoyun Begmurodov, Bahrom Bahrillayev, Asrorjon Omonov va Afruza Hamdamova mamlakat sharafini himoya qildi.

9 ta tur yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik shaxmatchilar 47 davlatning 63 terma jamoa a’zolari orasida 20-o‘rinni egalladi. 

Shuningdek, murosasiz kechgan bahslar natijasida Afruza Hamdamova Butunjahon olimpiya o‘yinlarining individual yo‘nalishida ikkinchi taxtadagi o‘yinlar yakunida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning oktyabr oyida Ozarbayjonning Naxchivan shahri mezbonlik qilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston vakillari ikkita jamoa bo‘lib ishtirok etgan edi. 

Mazkur musobaqada O‘zbekiston-1 termasi 9 tur davomida 7 ta g‘alaba, 1 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat qayd etib, 15 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, O‘zbekiston-2 jamoasi 11 ochko bilan 7-pog‘onani band etgan.

Ma’lumot uchun, o‘smirlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 18 ochko bilan Turkiya vakillari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 13 ochko to‘plagan Ozarbayjon-1 terma jamoasi esa kuchli uchlikni yakunlab bergan.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Niderlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing