O‘zbekistonlik o‘smir shaxmatchilar Butunjahon shaxmat olimpidasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Sport
−
11 Oktabr 2022
2956Ozarbayjonning Naxchivan shahri mezbonlik qilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bahslari yakunlandi. Musobaqada ikkita jamoa bo‘lib ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari ham sovrindorlar qatoridan joy oldilar.
O‘zbekiston-1 terma jamoasi to‘qqiz tur davomida 7 ta g‘alaba, 1 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat qayd etib, 15 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. O‘zbekiston-2 terma jamoasi esa 11 ochko bilan 7-pog‘onani band etdi.
Ma’lumot uchun o‘smirlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 18 ochko bilan Turkiya vakillari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. 13 ochko to‘plagan Ozarbayjon-1 terma jamoasi kuchli uchlikni yalunlab berdi.
LiveBarchasi