O‘zbekistonlik sportchi Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi
Sport
−
27 yanvar 2023 12559 1 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati bahslarida O‘zbekiston jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. O‘zbek bokschilari umumiy hisobda 9 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nurislom Ismoilov U-22 Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi bo‘ldi. Ismoilov -71 kg vazn toifasining final jangida Qozog‘iston vakili Sabirjan Akkalikovga qarshi ringga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra 4:1 hisobida zafar quchdi.
Elshod Rasulov murabbiyligidagi qizlar jamoasi esa qit’a birinchiligida 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalga ega chiqib, umumjamoa hisobida yetakchi bo‘ldi.
Osiyo chempionatida ishtirok etgan bokschilar 28 yanvar kuni O‘zbekistonga qaytadi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral