O‘zbekistonlik sportchi Osiyo chempionatida uchta kumush medalga ega chiqdi
Sport
−
08 fevral
4088Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Sunnatilla O‘sarov birvarakayiga 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.
-96 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan O‘sarov dast ko‘tarishda 161 kg, siltab ko‘tarishda 185 kg ni o‘ziga bo‘ysundirdi. Sportchi ikki kurash natijasiga ko‘ra, 346 kg bilan 3 ta yo‘nalishda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Hozirga kelib O‘zbekiston jamoasining musobaqadagi medallari soni 5 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq -89 kg vazn toifasida Sarvarbek Zafarjonov Osiyo chempioni bo‘lgani xabar qilingandi.
U ikki kurash natijalariga ko‘ra, 362 kg lik toshni ko‘tarishni uddaladi.
LiveBarchasi