O‘zbekistonlik shaxmatchilar Olimpiadada kuchli uchlikka kirdi

Sport

image

Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 7-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

Mazkur turda O‘zbekiston erkaklar jamoasi Ukrainani yirik 3-1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, ayollar jamoasi Gretsiyadan 2.5-1.5 hisobida ustun keldi.

Mazkur g‘alaba orqali O‘zbekiston erkaklar jamoasi musobaqa turnir jadvalida ikki pog‘ona yuqorilab, 3-o‘rindan joy oldi. Musobaqa favoriti va peshqadami bo‘lib turgan Hindiston jamoasi yana bir g‘oliblikka da’vogar Xitoy bilan to‘qnash kelib, 2,5-1,5 hisobida g‘alaba qozondi.

8-turda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiya jamoasi bilan qarama-qarshi kelsa, ayollar terma jamoasi AQSH bilan bahsga kirishadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Olimpiada shaxmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing