O‘zbekistonlik shaxmatchi yigitlar bronza medalini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Bugun, 22 sentyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat Olimpiadasining 11-turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Fransiya bilan bahs olib borib, g‘alaba qozondi va bronza medaliga ega chiqdi. 

Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev va Javohir Sindorov durang qayd etgan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidov g‘alaba qozondi.

O‘zbekistonlik qizlar jamoasi esa Turkiya vakillari bilan o‘ynadi va g‘alaba qozondi. Nodira Nodirjonova hamda Nilufar Yakubboyeva g‘alaba qozongan bo‘lsa, Umida Omonova durang qayd etdi. Afro‘za Hamdamova esa raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi yakuniy jadvalda 3-o‘rinni egalladi. 2-o‘rindagi AQSH bilan ochkolar bir xil, biroq qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha amerikaliklar oldinda bo‘ldi.

Qizlar terma jamoasi esa yakuniy jadvalda 12-pog‘onani band etdi. O‘zbekiston terma jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga Xitoy, Ukraina, Polsha, Bolgariya, Argentinadan ortda qoldi.

Shuningdek, taxtalar kesimida: 1-taxtada Nodirbek Abdusattorov 2-o‘rin va kumush medalni, 4-taxtada Shamsiddin Vohidov 1-o‘rin va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Taxtalar kesimida: 4-taxtada Nodira Nodirjonova 3-o‘rin va bronza medalni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada shaxmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing