O‘zbekistonlik shaxmatchi qiz Osiyo chempioni bo‘ldi
Sport
−
18 dekabr 2023
3919Kecha, 17 dekabr kuni BAAning Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari boshlandi.
Musobaqaning dastlabki kunidayoq O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Umida Omonova blits yo‘nalishida Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Davron Sharipov 2-o‘rinni, Malikaxon Jumayeva va Husnoraxon Husniddinovalar 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash joiz, Umida Omonova Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida kumush medalga ega chiqqandi.
Ma’lumot uchun, musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar shaxmatchilar ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi