O‘zbekistonlik shaxmatchi IBSA Jahon chempionatida kumush medal sohibi bo‘ldi

Sport

image

26 oktyabr - 3 noyabr kunlari Chernogoriyaning Petrovas shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxmatchilar o‘rtasida IBSA jahon chempionatida o‘zbekistonlik Axadxon Kimsanboyev 2-o‘rinni egallab, kumush medalga sazovor bo‘ldi. 

Uchinchi bor tashkil etilgan dunyo birinchiligida sayyoraning 13 ta mamlakatidan eng kuchli 36 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada 4 nafar shaxmatchi bilan qatnashdi. 

Yakunda Ahadxon Kimsanboyev jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. 

Qayd etish joiz, musobaqa reytingida 20-raqamda saralangan Kimsanboyev birorta ham mag‘lubiyat qayd etmadi va to‘qqiz turda 7 ochko jamg‘argan holda shohsupaga ko‘tarildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati shaxmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing