O‘zbekistonlik sambo ustasi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Sport

image

O‘zbekistonlik sambo ustasi Dilshod Choriyev FIAS Xalqaro sambo federatsiyasining “Antidoping qoidalari”ga muvofiq, 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Jazo muddati 2021 yil 7 maydan boshlab, 2025 yil 6 mayga qadar davom etadi va har qanday sport tadbirlari uchun amal qiladi.

Joriy yilning 25 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan sambo bo‘yicha “Memorial Xarlampiyev” nomidagi jahon kubogi bahslari o‘tkazilgan va unda o‘zbekistonlik sambochilar 2 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edilar. Xabar berilishicha, ushbu xalqaro turnirda sportcha sambo turi bo‘yicha -98 kg vaznda ikkinchi o‘rinni egallagan Dilshod Choriyevdan  olingan doping test natijalariga ko‘ra  taqiqlangan “meldoniy” moddasi aniqlanganligi sababli tekshiruv boshlangan.

FIAS Xalqaro sambo federatsiyasining 2021 yil 23 iyun kunidagi ma’lumotiga ko‘ra, sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilshod Choriyevning doping-sinamasida aniqlangan “meldoniy” taqiqlangan moddasi yuzasidan Axloq bo‘yicha komissiyasi yakuniy qarorni qabul qildi.

Ushbu qarorga ko‘ra, Sportchi 2021 yil 7 maydan boshlab, 2025 yil 6 mayga qadar barcha sport tadbirlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Butunjahon antidoping agentligining taqiq ro‘yxatida “meldoniy” 2016 yildan beri “S4. Metabolizm gormonlari va modulyatorlari” guruhiga kiritilgan doping moddasi sifatida qayd etilgan.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing