O‘zbekistonlik para dzyudochilar finalda kuch sinashdi

Sport

image

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda O‘zbekiston delegatsiyasi oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.

Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

Qayd etish kerakki, ushbu vaznda hal qiluvchi bahsda ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi o‘zaro bahs olib bordi. 

Yakunda esa Kemran Nurilloyev oltin, Sherzod Namozov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Para Osiyo o‘yinlarida Safiya Burxonova oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Shuningdek, Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergandik.

 Bundan tashqari, Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Safiya Burxonova ham oltin medalga ega chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston para dzyudochilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing