O‘zbekistonlik Osiyo chempionlari yana ikkitaga ko‘paydi
Sport
−
15 Oktabr 2022
5631Kuvaytda yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Bugun, 15 oktyabr kuni Ko‘pkurashda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nodir Norboyev va balandlikka sakrash dasturida Barnoxon Sayfullayeva musobaqa g‘olibiga aylandi.
Ko‘pkurash (yigitlar):
Nodir Norboyev (O‘zbekiston) — 6934 ochko;
Sina Afshinar (Eron) — 6417 ochko;
Sajjad Al-Alxazoli (Saudiya Arabistoni) — 5674 ochko.
Balandlikka sakrash (qizlar):
Barnoxon Sayfullayeva (O‘zbekiston) — 1,84 metr;
Alina Chistyakova (Qozog‘iston) — 1,73 metr;
An Bu Ti (Vetnam) — 1,73 metr.
Oldinroq, 15 yoshli Sharifa Davronova uzunlikka sakrashda 6,06 metr natija bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgani haqida xabar bergan edik.
Shahzod Shukurov
LiveBarchasi