O‘zbekistonlik Olimpiada chempioni nega JCHda chiqish qilmadi?
Sport
−
17 dekabr 2022
11268Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionati bahslari yakunlandi. O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada beshta medalga ega chiqdi.
Turnirning so‘nggi kunida +109 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev bahslarga kirishishi kerak edi, ammo Jo‘rayev so‘nggi tayyorgarlik jarayonida kichik jarohat olgani bois murabbiylar shtabi tavakkal qilib uni supaga chiqishini istamadi va sportchi mundialni medalsiz yakunladi.
O‘zbekiston vakillari umumiy 3 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza medali bilan umumjamoa hisobida 6-o‘rinni qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni -109 kgda Ruslan Nuriddinov faoliyati davomida ikkinchi marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi.
LiveBarchasi