Nuriddinov va Jo‘rayev qatnashadigan Jahon chempionati boshlandi
Sport
−
06 dekabr 2022
8103Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlari start oldi. Mundialda 93 davlatdan 500 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi.
Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi 10 nafar atlet bilan qatnashadi. -89 kg vazn toifasida Sarvarbek Zafarjonov jarohatidan tiklana olmagani bois terma jamoaning yakuniy tarkibidan o‘rin olmadi.
JCHda ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati:
-67 kg: Adhamjon Ergashev ("A" guruhi);
-67 kg: Doston Yoqubov ("A" guruhi);
-81 kg: Og‘abek To‘xtayev ("B" guruhi);
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov ("A" guruhi);
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov ("V" guruhi);
-109 kg: Ruslan Nuriddinov ("A" guruhi);
+109 kg: Akbar Jo‘rayev ("A" guruhi);
-55 kg: Nigora Abdullayeva ("A" guruhi);
-81 kg: Rigina Adashboyeva ("B" guruhi);
-87 kg: Tursunoy Jabborova ("A" guruhi).
O‘zbekiston vakillarining dastlabki chiqishlari 8 dekabr kuniga to‘g‘ri keladi. Ayollar o‘rtasida -55 kgda Nigora Abdullayeva mamlakat sharafini himoya qiladi. Olimpiada chempionlari Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘rayev 16-17 dekabr kunlari turnirda o‘z yurishini boshlaydi.
LiveBarchasi