O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Jahon chempionatida 12 ta medal jamg‘ardi
Sport
−
11 may 2022
3676Gretsiyaning Iraklion shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekistonlik atletlar orasida oxirgi bo‘lib +109 kg vazn toifasida Mirhosil Mirzaboyev supaga chiqdi va 3 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, +109 kg vaznda chempionlik uchun kurash eronlik Alirizo Yusufi hamda Mirzaboyev o‘rtasida kechdi. Biroq yakunda siltab ko‘tarish mashqidagi ustunlik evaziga Yusufi g‘alabani ilib ketdi. Mirhosil dast ko‘tarishda 176 kg, siltab ko‘tarishda 212 kg va ikki kurash bo‘yicha 388 kg natija qayd etgan.
Og‘ir atletika bo‘yicha U-20 JCH:
+109 kg:
1. Alirizo Yusufi (Eron) – 416 (177+239) kg;
2. Mirhosil Mirzaboyev (O‘zbekiston) – 388 (176+212) kg;
3. Bogdan Taranenko(Ukraina) – 374 (167+204) kg.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik yosh og‘ir atletikachilar 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan Jahon chempionatini yakunladi. O‘zbekiston terma jamoasi umum jamoa hisobida 3 o‘rinni egallagan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi