O‘zbekistonlik MMA jangchisi vafot etdi

Sport

image

Qo‘l jangi va jangovor sambo sport turlari ustasi, so‘nggi paytlarda o‘zini MMA`da sinab ko‘rayotgan o‘zbekistonlik sportchi 28 yoshli Bekzod Nurmatov hayotdan ko‘z yumdi.

Nurmatov uch kun avval, ya’ni 4 oktyabrda Chechenistonning Grozniy shahrida Rossiyaning Absolute Championship Akhmat MMA-promousheni tomonidan tashkil etilgan ASA 100 yubiley turnirida ishtirok etgan edi. 

Bekzod Nurmatov hakamlar qaroriga ko‘ra mezbon sportchi Beslan Isayevga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Hakamlardan ikki nafari Isayev, yana biri Nurmatovning g‘alabasini yoqlagandi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari kursanti, qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempioni, bir necha karra Jahon kubogi sohibi bo‘lgan 27 yoshli Bekzod Nurmatovning professional faoliyatidagi ko‘rsatkichi 11-2 edi. 

Hozircha Bekzod Nurmatovning o‘limi sabablari ma’lum emas. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga insult, ya’ni miyaga qon quyilishi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

MMA

Baholaganlar

792

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing