O‘zbekistonlik MMA jangchisi raqibini 21 soniyada “yer tishlatdi” (video)
Sport
−
16 yanvar 2022
22585O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Anvar Boynazarov qariyb bir yillik tanaffusdan so‘ng navbatdagi jangini o‘tkazdi. U AQSHning Dallas shahrida o‘tkazilgan Legacy Fighting Alliance (LFA) 121 musobaqasida amerikalik Jon Femni bilan jang qildi.
Jangni faollik boshlagan Boynazarov bir nechta kuchli zarbalar berdi va raqibini 21-soniyadayoq nokautga uchratdi. Shu tariqa Boynazarov MMA’dagi uchinchi jangini muddatidan oldingi g‘alaba bilan yakunladi.
Anvar Boynazarov avvalgi ikki jangida ham amerikaliklar bilan jang qilib, g‘alaba qozongandi.
Anvar Boynazarov 1989 yilning 10 yanvar kuni Samarqandning Jomboy tumanida tug‘ilgan. 12 yoshidan boshlab taekvondo bilan shug‘ullangan. U professional faoliyatini rivojlantirish uchun 2008 yil Tailand poytaxti Bangkokka jo‘nab ketgan. "The Uzbek" laqabi bilan mashhur bo‘lgan Boynazarov muaytay bo‘yicha avvaliga havaskorlar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘ldi, 2011 yilda esa WMF yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi. Faoliyatining ma’lum qismida 5 yil ichida 111 ta jangda ishtirok etib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgan.
LiveBarchasi