O‘zbekistonlik mashhur MMA jangchisi Superliga klubi direktori bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Navoiyning “Qizilqum” jamoasi direktori lavozimiga MMA jangchisi Amin Ergashev tayinlandi. Bu haqda klub Axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kecha, 10 iyun kuni “Qizilqum” klubi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirilgan. Shu paytgacha jamoa bosh direktori vazifasini bajarib kelayotgan Alisher Xoliqov o‘rniga aralash yakkakurash bo‘yicha Yevropa chempioni Amin Ergashev tayinlangan.

Alisher Xoliqov endilikda jamoaning sport direktori, shu vaqtga qadar ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Vohid Shodiyev esa texnik direktor lavozimida faoliyat olib borishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, Amin Ergashev 1986 yilda Navoiy viloyatining Karmana tumanida tug‘ilgan. U shu vaqtga qadar sportning MMA (aralash yakkakurash) turi bo‘yicha professional tarzda shug‘ullangan. Ergashev faoliyati davomida 17 ta jang o‘tkazib, ularning 13 tasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan. Qolgan 4 tasida esa imkoniyatni boy bergan.

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi Superliganing ortda qolgan 12-turidan so‘ng 6 ochko jamg‘arib, 13-o‘rinda bormoqda.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing