O‘zbekistonlik marafonchilar xalqaro musobaqada rekord o‘rnatdi
Sport
−
17 aprel 2023 6206 1 daqiqa
Tojikistonda “Dushanbe XIII xalqaro yarim marafon”musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnirda Belarus, Kanada, Keniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Ukraina, Fransiya, Xitoy, AQSH, Eron, Efiopiya kabi mamlakat vakillari ishtirok etdi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov 1:01:24 (1 soat 1 daqiqa 24 soniya) hamda Yekaterina Tunguskova 1:13:31 vaqt ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, har ikki natija mamlakat rekordi sifatida qayd etildi.
Erkaklar:
1. Shohruh Davlatov (O‘zbekiston) – 1:01:24;
2. Girsha Tilaxun (Efiopiya) – 1:13:26;
3. Rahimjon Kelmanov (Qozog‘iston) – 1:06:46.
Ayollar:
1. Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) – 1:13:31;
2. Ulyana Kuzminova (Tojikiston) – 1:22:26;
3. Zulxijja G‘afforzoda (Tojikiston) – 1:28:09.
Live
Barchasi