O‘zbekistonlik “manyak” Moskvada umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi
Olam
−
03 aprel 2019
11512Joriy yilning 2 aprel kuni 45 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Baxtiyor Matyoqubov davomiy ravishda ayollarni o‘ldirib borganligi uchun, Moskva shahri sudi tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Mk.ru sayti xabar tarqatdi.
“Manyak” sifatida qoralanayotgan qotil turli yillarda O‘zbekistonda, Ukrainada va Rossiyada 10 ta ayolni o‘ldirgan.
Qayd etilishicha, uning “o‘lja”lari faqatgina ayollar bo‘lgan. Bunga sabab sifatida, bir necha yillar oldin Moskvada mashuqasi unga xiyonat qilib tashlab ketganligi aytilmoqda.
Tez orada umrbod ozodlikdan mahrum etilgan Baxtiyor Matyoqubov tomonidan amalga oshirilgan qotilliklar haqida batafsil ma’lumot beramiz.
LiveBarchasi