O‘zbekistonlik litsey o‘quvchilari xalqaro olimpiada sovrindoriga aylandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik litsey o‘quvchilari xalqaro olimpiada sovrindoriga aylandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.

Shu yilning 14-23 iyul kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida 112 ta davlatdan tashrif buyurgan 621 nafar o‘quvchilar ishtirokida  60-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyi 3-bosqich o‘quvchisi Jasurbek Imomov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Joriy yil 14-20 iyul kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 78 ta davlatning 285 nafar o‘quvchilari bilogiya fanidan 30-xalqaro olimpiadada  kuch sinashdi.

Mazkur xalqaro olimpiada Toshkent pediatriya tibbiyt instituti akademik litseyi o‘quvchilari Saidaxon Valijonova, Xosiyatxon Kudratova hamda  Navoiy davlat konchilik instituti akademik litsey o‘quvchisi Huseyn Egamovlar bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, ayni kunlarda O‘zbekistondagi akademik litsey o‘quvchilarining yana bir guruhi Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan kimyo fanidan xalqaro olimpiadada ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

London xalqaro olimpiada

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing