O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatini 11 ta medal bilan yakunladi

Sport

image

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri mezbonlik qilgan sport kurashlari bo‘yicha qit’a birinchiligi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza, jami 11 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqaning yakuniy kunida -86 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bobur Islomov 3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda g‘alaba qozonib, O‘zbekiston jamoasi sovrin jamag‘armasiga 11-medalni qo‘shib qo‘ydi.

O‘zbekiston jamoasining turnirdagi yagona oltin medalini -67 kg vazn toifasida yunon-rum kurashi bahslarida ishtirok etgan Abror Otaboyev qo‘lga kiritdi.

Shermuhammad Sharibjonov, Jasmina Immayeva, Laylo Sobirova, Zafarbek Otaxonov va Bekzod Abdurahmonov kumush medalga, Ixtiyor Botirov, Jalgasbay Berdimuratov, Aktenge Keunimjayeva, Bobur Islomov va Maxsud Veysalovlar esa bronza medalga ega chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Abror Otaboev Bobur Islomov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing