O‘zbekistonlik qutqaruvchilar yana ikki kishini vayronalar ostidan tirik olib chiqdi (video)

Olam

image

Ayni damda Turkiyaning Hatay va Antakiya hududlarida o‘zbek qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. Quvonarlisi, zilzila yuz berganiga bir hafta o‘tgan bo‘lsa ham vayronalar ostidan ofatdan omon qolgan qutqarilmoqda.

O‘zbekiston FVV xodimlari xizmat itlari yordamida 62 yoshli Samet Genco va 60 yoshli Seval Genconi qutqarib qoldi.

Ularni vayronalar orasidan chiqarib olish Meksika va Turkiya qutqaruvchilari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.

Shundan so‘ng, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan dastlab 100 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi, joriy yilning 9 fevral kuni 71 kishilik ikkinchi guruh Turkiyaga yuborildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston joriy yining 6 fevral kuni kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing