O‘zbekistonlik qiz “Koinot go‘zali” bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
14 Sentabr 2020
53389“Koinot go‘zalligi" tanlovi tashkilotchilari beshinchi xalqaro go‘zallik tanlovining natijalarini e’lon qildi. Unda o‘zbekistonlik Liliana Shayxutdinova uchinchi o‘rinni egalladi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli tanlov qisqartirilgan onlayn formatda bo‘lib o‘tgan.
Unda birinchi o‘rinni moskvalik Yuliana Goldman, ikkinchi o‘rinni tyumenlik Yelena Stanislavskaya qo‘lga kiritgan.
Uchinchi o‘rin va “2021 Koinot uchinchi go‘zali” maqomi o‘zbekistonlik Liliana Shayxutdinovaga berildi.
Liliana 30 yoshda, u Toshkentdagi turagentlikda ishlaydi. Ma’lumoti bo‘yicha filolog.
Musobaqaning saralash bosqichida 10 ta mamlakatdan vakillar ishtirok etdi. Rossiya, O‘zbekiston, Gambiya va Bangladeshdan kelgan go‘zallar final bosqichiga chiqqqandi.
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu so‘nggi go‘zallik tanlovi edi, u boshqa o‘tkazilmaydi.
LiveBarchasi