O‘zbekistonlik qilichbozlar Jahon kubogi bosqichida g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Turkiyaning Antalya shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik qiz va yigitlar kuchli jamoalarni mag‘lub etib, 1-o‘rinni egalladi.

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tomonidan o‘z yo‘nalishlarida dunyoning eng kuchli jamoasi deb e’tirof etilgan O‘zbekiston erkaklar jamoasi musobaqa davomida Gruziya, Germaniya, Ukraina va finalda Turkiya jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Qizlar esa Bolgariya, Polsha va Italiya termalardan ustun keldi.

Yigitlar:

1.O‘zbekiston;
2.Turkiya;
3.Ruminiya.

Qizlar:

1.O‘zbekiston;
2.Italiya.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston qilichbozlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing