O‘zbekistonlik qilichboz qizlar Jahon kubogida 1-o‘rinni egalladi
Sport
−
06 noyabr 2023
3461Bahraynning Manama shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Qizlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoaviy dasturda ishtirok etgan Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda Samira Shokirova kvarteti barcha raqiblarni dog‘da qoldirib, shohsupaning 1-pog‘onasidan joy oldi. O‘zbekistonlik sportchilar final bellashuvida Bolgariya jamoasini 45:30 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, yakkalik yo‘nalishida kechgan bahslarda Gulistan Perdibayeva oltin, Fernanda Errera esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
LiveBarchasi