O‘zbekistonlik ikki shaxmatchi nufuzli turnir finalida to‘qnash keldi (video)

Sport

image

O‘zbekistonlik grossmeystrlar – Nodirbek Yoqubboyev va Nodirbek Abdusattorov  “Qatar  Masters 2023" xalqaro super turnirining hal qiluvchi bosqichida o‘zaro to‘qnash kelib qoldi. Mazkur bahsda Yoqubboyev Abdusattorovni 2:0 hisobida mag‘lub etgan holda turnir chempioniga aylandi.

Bugun, 20 oktyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida nufuzli “Qatar  Masters 2023"  turnirining oxirgi 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. Turnir yakunida ikki nafar o‘zbekistonlik grossmeyster – Nodirbek Abdusattorov hamda Nodirbek Yoqubboyev bir xil 7 ochkodan to‘pladi va chempionlik bahsida ikkalasi to‘qnash keldi.

Hindistonlik kuchli raqibi Arjun Ergaisi ustida g‘alaba qozongan Abdusattorov finalda boshqa bir hindistonlik grossmeystrni mag‘lub etgan Yoqubboyevga qarshi dona surdi. Ular tay-brek bahsida munosib ishtirok etgan holda musobaqaning birinchi va ikkinchi o‘rinlarini o‘zaro bo‘lishib oldi. 

Aytish joiz, Magnus Karlsen, Hikaru Nakamura, Anish Giri, Gukesh kabi dunyoning TOP-10 shaxmatchilari qatnashgan mazkur musobaqaning 4-o‘rni ham shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi  Javohir Sindorovga nasib etdi. U turnirdagi ishtirokini 6,5 ochko bilan yakunladi. Sindorov faqatgina qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tufayligina 3-o‘rinni egallay olmadi xolos.

 


Maqola muallifi

Teglar

Doha Qatar Nodirbek Yoqubboev Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov grossmeystr Qatar  Masters

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing