O‘zbekistonlik ikki bloger qidiruvga berildi
3-sahifa
−
10 avgust 2023
27699Ijtimoiy tarmoqlarda ikki o‘zbekistonlik bloger Sherali Komilov hamda “Sanjar Xo‘ja” taxallusi ostida tanilgan Sanjar Ikromov qidiruvga berilganiga oid xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish uchun QALAMPIR.UZ Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti axborot xizmati rahbari Shokirjon Hoshimov bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, ikki bloger ustidan Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qilingan. Shu boisdan ular qidiruvga berilib, vazirlik rasmiy saytining qidiruvdagi shaxslar bo‘limida ko‘rsatilgan.
“Blogerlar ustidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deydi Shokirjon Hoshimov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bloger Sanjar Ikromov hozirda Turkiyada istiqomat qilib, O‘zbekisonda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga o‘zining munosabatini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi oxirida bloger Olimjon Haydarov Farg‘ona viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan edi. U Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlangan.
LiveBarchasi