O‘zbekistonlik grossmeyster AQSHning eng yaxshi ayol shaxmatchisi bo‘ldi
Sport
−
08 avgust 2023
11915Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, hozirda AQSH ayollar jamoasi sharafini himoya qilayotgan grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova AQSHning eng yaxshi ayol shaxmatchisi deb topildi. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Kuni kecha sportchi Amerika shaxmat federatsiyasi tomonidan o‘z sovrinini qabul qilib oldi.
Ma’lumot uchun, Tohirjonova 2021 yildan buyon AQSH jamoasi tarkibida dona surib keladi. 24 yoshli shaxmatchi 2016 yilda grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan.
Ta’kidlash joiz, Tohirjonova o‘z vaqtida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyati bilan nizolar sabab O‘zbekiston terma jamoasi a’zoligidan ketgan. O‘tgan yili dekabr oyida Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlarida o‘tkazilgan Jahon chempionatida Gulruhbegim AQSH bayrog‘i ostida o‘z opasi Nafisa Mo‘minovaga qarshi dona surib, g‘alaba qozongandi.
LiveBarchasi