O‘zbekistonlik futbolchilar YeCHLda qaysi raqiblarga qarshi o‘ynaydi?

Sport

image

Kecha, 27 avgust kuni 2026-2027 yilgi UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlandi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Yevropa grandlariga qarshi maydonga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ozarbayjonning “Sabah” klubi safida to‘p tepayotgan Umarali Rahmonaliyev jamoasi bilan “Barselona”, “Borussiya Dortmund”, “Napoli”, “Arsenal” va “Manchester Yunayted” kabi mashhur klublarga qarshi bahs olib boradi. 

Shuningdek, Angliyaning “Manchester Siti” klubida o‘ynayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham Chempionlar ligasida kuchli raqiblarga qarshi maydonga chiqadi.

“Manchester Siti” umumiy bosqichda “Pari Sen-Jermen”, “Sporting”, “Napoli”, AEK, “Barselona”, “Portu”, “Leypsig” va “Lans”jamoalari bilan bahs olib boradi:

Shunday qilib, Abduqodir Husanov “Barselona”, “Pari Sen-Jermen” va “Napoli” kabi Yevropaning top-klublariga qarshi o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjonning “Sabah” jamoasi futbolchilari jumladan Umarali Rahmonaliyev ham Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga chiqqani uchun 60 ming manat (35 300 AQSH dollari) miqdorda bonus oladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing