O‘zbekistonlik futbolchi Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Sport

image

Joriy yilning 5 noyabr kunida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rizo viloyatiga tashrifi chog‘ida “Rizespor” klubini qabul qilib, jamoa rahbariyati va futbolchilari bilan suhbat qurdi. Bu haqda TRT xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida Prezident “Rizespor” klubida to‘p tepadigan o‘zbekistonlik futbolchi Husniddin Aliqulov ham Turkiya Prezidenti bilan ko‘rishdi. 

Uchrashuv davomida “ko‘k-yashillar” jamoasi prezidenti Ibrohim Turgut Prezident Erdo‘g‘anga “Rizespor” libosi va qush haykalini sovg‘a qildi.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Aliqulov shu yilning sentyabr oyidan buyon Turkiya klubi safida to‘p tepib kelmoqda. U joriy mavsum mamlakat chempionatining 10 ta o‘yinida maydonga tushdi. Aliqulovning “Rizespor” bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, himoyachining qiymati 1,20 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Husniddin Aliqulov Rizespor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing